Tristan-da-Kunya oroli dunyodagi doimiy odam yashaydigan orollar orasida eng uzog‘i hisoblanadi. Bu yerda aeroport yo‘q, eng yaqin davlat esa – JAR bo‘lib, u 2816 km uzoqlikda joylashgan.
Bu yerga birinchi marta 1810-yilda Massachusets shtatidagi Salem shahridan doimiy yashovchilar ko‘chib kelgan. Jonatan Lambert boshchiligidagi to‘rt kishidan iborat ko‘chmanchilar bu joyga Orombaxsh orol deb nom bergan.Ulardan uch nafari 1812-yilga kelib vafot etgan. Tirik qolgan Tomas Karrining bir o‘zi orolda yashab qoladi va fermer xo‘jalik bilan shug‘ullana boshlaydi.
Hozirda orol Buyuk Britaniyaga qarashli dengiz orti Avliyo Yelena Orollarining bir qismi hisoblanadi.
Bu yerga bir yilda bir necha marta JAR davlatiga qarashli baliq ovlovchi kemalar kiradi. Kemaga yo‘lovchilar uchun ham o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
2016-yil holatiga orolda yetti avlodga mansub 268 nafar aholi qayd qilingan. Bu yerda ish o‘rinlari kam bo‘lgani uchun yashovchilarga davlat lavozimlari: politsiya, bojxona, ekologik, tabiatni qo‘riqlash va qishloq xo‘jalik xizmatlari uchun ish o‘rinlari yaratilgan.
Izoh (0)