22-fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston — Shvetsiya biznes-forumi hamda Shvetsiyaning yirik kompaniyalari ishtirokida kooperatsion birja o‘tkaziladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Business Sweden nomli Shvetsiyaning savdo va investitsion kengashi bilan hamkorlikda Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Stokgolmda) Ingrid Tersman boshchiligida shved ishbilarmonlarining O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtirilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek va shved kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatishga ko‘maklashish, O‘zbekistonda biznes yuritish bo‘yicha shved kompaniyalari taqdimoti bilan tanishish, hamkorlikda yangi korxonalar ochish masalalarini ko‘rib chiqish va investitsiyaga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Delegatsiya tarkibiga tog‘-kon sanoati, energetika va telekommunikatsiya sohalari, shuningdek, transport va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ish yuritadigan Shvetsiyaning yirik kompaniyalari vakillari kiritilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)