18 yoshidayoq O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olgan Aziz G‘aniyev faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Futbolchining xizmati bilan birinchi galda Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi qiziqib qolgandi. Ma’lumotga ko‘ra, keyinroq uning safiga Donetskning “Shaxtyor” klubi ham qo‘shilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Kiyev “Dinamo”si ham talabgorlar safida ko‘rinish berdi.
Aziz G‘aniyev O‘zbekiston milliy terma jamoasining Turkiyada bo‘lib yig‘inida ishtirok etgandi. Uning Armaniston chempioniga qarshi uchrashuvini “Shaxtyor” skautlari kuzatib borgani aytilgan. Yaqin kunlar ichida donetskliklar futbolchini sotib olish uchun “Nasaf”ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi faoliyati orqali tanilgan Aziz G‘aniyev murabbiy Jasur Abduraimov bilan Osiyo chempionatining chorak finaliga qadar yetib borgandi. U joriy mavsum “Nasaf”ning Osiyo Chempionlar ligasidan joy olgan har ikki uchrashuvida 90 daqiqadan harakat qildi.
Izoh (0)