BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Dubaydagi boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan Butunjahon sammitida chiqish qila turib, Xavfsizlik kengashi va xalqaro moliyaviy muassasalarni isloh qilishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
BMTni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bugun Xavfsizlik kengashiga yaqqol ishonchsizlik mavjud. Xavfsizlik kengashi u tashkil etilgan Ikkinchi jahon urushidan keyingi dunyodan farq qiluvchi bugungi dunyo mantig‘iga ortiq mos kelmaydi.Uning fikricha, ko‘plab xalqaro tashkilotlarga zamonaviy muammolarga samarali javob qaytarish qobiliyati yetishmaydi.Antoniu Guterrish, BMT bosh kotibi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)