Suriya masalasini tartibga solish bo‘yicha Ostonada o‘tkaziladigan muzokaralarga AQSh va Iordaniya vakillari taklif etildi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Suriya masalasi bo‘yicha kelgusi uchrashuv 15—16-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Muzokaralarda Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimi masalasi hamda ma’lum hududlardagi holatni barqarorlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, uchrashuv kun tartibidan qo‘shma tezkor guruh faoliyati bo‘yicha nizom qabul qilish, yarashuv sulhini mustahkamlashga oid kelgusi harakatlarni kelishib olish va boshqa amaliy tadbirlar o‘rin oladi.
Ostonadagi mazkur uchrashuvga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Suriya Arab Respublikasi hukumati delegatsiyalari, Suriya qurolli muxolifati vakillari, BMT bosh kotibi maxsus vakili de Mistura, kuzatuvchi sifatida AQSh vakillari ham taklif etiladi.Avvalroq Iordaniya Suriya janubidagi muxolifatning sulhga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)