Bag‘dodda mamlakat saylov tizimini isloh qilish va korrupsiyani to‘xtatish talabi bilan davom etayotgan norozilik namoyishlari vaqtida yetti kishi halok bo‘ldi.
“Kommersant”ning yozishicha, bu haqda Iroq huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib France-Presse agentligi ma’lum qilgan.
“Yetti kishi halok bo‘ldi. Ulardan ikki nafari — xavfsizlik kuchlari xodimlari, qolgan besh kishi — namoyishchilardan”, — deya aniqlik kiritdi politsiya polkovnigi.
Al-Arabiya axborotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarning soni 300 dan oshib ketgan.
Xabar berishlaricha, namoyishchilarning aksariyati nufuzli shia imomi Muqtada as-Sadrning tarafdorlaridir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)