Qo‘shma Shtatlar 10-fevral, juma kuni Falastin sobiq bosh vaziri Salom Fayyadning BMT bosh kotibining Liviyadagi maxsus vakili etib tayinlanishini bloklab qo‘ydi, deb yozadi “TASS”.
AQShning BMT huzuridagi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘zining yozma bayonotida Amerika tomoni butunjahon tashkiloti rahbari Antoniu Guterrish tomonidan Xavfsizlik kengashiga tasdiqlash uchun taklif etilgan nomzoddan hafsalasi pir bo‘lganligini ma’lum qildi.
Hozirgi paytda Qo‘shma Shtatlar Falastin davlatini tan olmaydi va bu tayinlov BMTga yo‘llaydigan ishorani qo‘llab-quvvatlamaydi. Biroq biz har ikkala tomonni mojaro yechimini topish bilan birgalikda shug‘ullanishi uchun ruhlantiramiz.Isroilning BMT huzuridagi doimiy vakili Danni Danon Fayyad bosh kotibning Liviyadagi maxsus vakili etib tayinlanishini bloklab qo‘yish haqidagi AQSh qarorini ma’qulladi.Nikki Xeyli, AQShning BMT huzuridagi doimiy vakili
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)