Angoladagi futbol uchrashuvlaridan biri ko‘ngsizlik bilan yakunlandi, deb yozdi “Chempionat”. Mamlakat shimolida joylashgan Uije shahrida birgina futbol uchrashuvidan keyin 17 kishining jasadi topildi.
Mahalliy “Santa Rita” va “Rekreativo” klublari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida muxlislar bir-birining ustiga chiqib ketib qolgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, ishqibozlar uchrashuv oldidan stadion darvozasini egallashga harakat qilishi oqibatida olomonni boshqarib bo‘lmay qolgan.
Ko‘ngilsiz voqeadan keyin 17 kishining hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi. 5 nafar ishqiboz jiddiy jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan. 76 kishi turli darajadagi tan jarohatlar olgan.
Mana shunday voqeaga qaramay, futbol uchrashuvi yakunlab qo‘yildi va unda mehmon jamoa futbolchilari 1:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)