Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahriga yetib keldi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.
Yig‘inda ishtirok etishi aytilgan futbolchilar ro‘yxati bilan shu havolada tanishish mumkin. Ular orasida “Nasaf” darvozaboni Eldor Suyunov hamda “Lokomotiv” yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev yo‘q. Har ikki futbolchi jarohati sabab Babayan mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmaydi. Qayd etish kerak, Eldor Suyunov “Nasaf”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi o‘yiniga borolmay, uni “Sport” telekanali orqali sharhlagandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. 10-fevral kuni Rossiyaning “Amkar”, 11-fevral kuni Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)