Rossiyalik sayohatchi Fyodor Konyuxov va uning sherigi Ivan Menyaylo aerostatda uchish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, issiqlik sharining osmonga ko‘tarilganiga 51 soat-u 9 daqiqa bo‘lgan. Konyuxov parvoz hamon davom etayotganini ta’kidlagan.
7-fevral seshanba kuni Rossiyaning Ribinsk shahridan ko‘tarilgan sayohatchilar qariyb ming kilometrlik masofani bosib o‘tib, ayni damda Saratov viloyatidan uchib o‘tmoqda.
Issiqlik aerostatida uchish davomiyligi bo‘yicha avvalgi rekord yaponiyalik uchuvchilar Michio Kanda hamda Xirazuki Takezavaga tegishli edi.
Ular 1997-yil fevralida 50 soat-u 38 daqiqa davomida Kanadadan AQShga parvoz qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)