Pokistonning Gvadar shahridan 80 kilometr sharqda Arab dengizi akvatoriyasida 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, deb yozadi “Interfaks”.
Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma’lumotlariga qaraganda, 8-fevral, chorshanba kuni 01:03 da qayd etilgan yer silkinishining epimarkazi koordinatalari 25,18 daraja shimoliy kenglik va 63,13 daraja sharqiy uzunlikda joylashgan. Epimarkaz sohildan taxminan sakkiz kilometr masofada joylashdi.
Zilzila epimarkazidagi silkinish kuchi “vayronkor” deb baholandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)