Xitoyning Shensi provinsiyasida ayol turmush o‘rtog‘i bilan urishib qolgach, tomdan sakrashga qaror qildi. Ayol bino tomiga chiqib, pastga sakrashga hozirlik ko‘rayotgandi, ammo er xotinining hayotini saqlab qoldi, deb yozadi South China Morning Post.
Erkak xotinining sochidan ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. U 3 daqiqa davomida – politsiya xodimlari kelib, uni tomga chiqarishga yordam berguniga qadar sochidan ushlab turdi. Ayolning devordan chiqib qolgan hamda vaznining bir qismini ushlab turgan quvurga ilinib qolganligi uning hayotini saqlab qoldi.
Politsiyachilar voqea joyiga yetib kelganda, erkak xotinining sochidan ushlab turganini va qo‘lining madori esa deyarli tugab bitganini ta’kidladi.
Bir necha soniyaga kechikkanimizda, yoki erkak ayolini yana bir necha soniya ushlab tura olmaganida, uning jonini saqlab qolishning imkoni bo‘lmasdi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Szo Yuy, politsiya ofitseri
Izoh (0)