AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning yangi ma’muriyati NATO alyansini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz NATOni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Faqat NATOga a’zo barcha mamlakatlar to‘liq va tegishli bo‘lgan ulushini qo‘shishini so‘raymiz”, — dedi Tramp Amerika Harbiy-havo kuchlarining Makdill bazasidagi chiqishida.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Tramp bilan uchrashgandan so‘ng u NATOni yuz foiz qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)