Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov va uning sheriklariga tegishli Mail.Ru Group xoldingi BeepCar raydshering servisini ishga tushirdi, deb yozadi Forbes. U haydovchilarga birgalikda safar qilish uchun o‘z mashinasidagi o‘rinlarni sotish imkonini beradi.
“2017-yil 6-fevralda Mail.Ru Group avtomobil bilan safar qilishda hamrohlar qidirish uchun mo‘ljallangan servisi — BeepCar bilan raydshering bozoriga chiqdi”, — deyiladi xolding press-relizida.
Yangi servis 5-fevraldan 6-ga o‘tar kechasi ishga tushdi. U ham shahar ichidagi, ham shahar tashqarisiga uzoq safarlar uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)