Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Donald Tramp ma’muriyati Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning “maxfiy qamoqxonalari” — terrorchilikda gumon qilingan shaxslarni saqlash va qiynoqqa tutish uchun AQShdan tashqarida tashkil etilgan obyektlar dasturini qayta ishga tushirish fikridan qaytdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

The New York Times’ning ma’lum qilishicha, qamoqxonalarni qayta ochish haqidagi farmon qoralamasi matbuotga chiqib ketganidan so‘ng, Respublikachilar va Demokratlar partiyalari Kongressda mazkur rejaga norozilik bildirgan.

2-fevral kuni Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha kengash a’zolariga hujjatning yangi qoralamasi ko‘rsatilgan va unda “maxfiy qamoqxonalar” haqidagi qaydlar yo‘q edi.

“Yangi qoralamada Barak Obama yopishga uringan Guantanamodagi qamoqxonalardan foydalanishni kengaytirish zarurati haqida yana bong urilgan”, — deb yozadi The New York Times.

AQSh “maxfiy qamoqxonalar” dasturidan 2000-yillarda foydalangan. Dasturning mavjudligini 2005-yili prezident kichik Jorj Bush rasman tan olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Polsha, Litva, Ruminiya, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarning hududlarida joylashgan bu qamoqxonalarda gumonlanuvchilar qiynoqlarga tutilgan.

Donald Tramp terrorchilikda gumon qilinayotganlarga nisbatan qiynoqlarni qo‘llash mumkinligi, chunki “bu uslub ish berishi”ni bir necha bor ta’kidlagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...