London meri Sodiq Xon bir tomondan IShID tahdidi kuchayib borishi, ikkinchi tomondan politsiya xarajatlarining qisqartirilishi Londonda yangi qurbonlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Sodiq Xonning ta’kidlashicha, u shahar rahbari lavozimini egallagan 2016-yilning mayidan beri IShID teraktlari xavfi o‘sgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borgan sari qiyinlashib bormoqda.
London meri Berlin, Istanbul, Parij singari jahon shaharlari terrorchilarning nishoniga aylanib qolganini qayd etib o‘tgan. O‘z navbatida, Londonda politsiya budjetining qisqartirilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga e’tiborni qaratgan.
Sodiq Xonning fikricha, Londonda 32 mingga yaqin politsiya xodimi faoliyat yuritishi zarur.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)