Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Arda Turan Xitoydan tushgan taklifni o‘rganib chiqmoqda, deb yozdi “Sports.ru”. Qayd etilishicha, mahalliy klublardan biri turkiyalik futbolchi uchun 4 yillik shartnoma va 100 million yevro taklif qilgan.
30 yoshli futbolchining Xitoyga kelishi uchun kurash jiddiy kechmoqda. Uni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan klublar sog‘lom raqobatni yuzaga keltirdi. Birinchi galda “Guanjou Evergrand” klubi 3 yillik shartnoma va 50 millionlik yevrolik taklif bilan chiqib, rad javobini olgandi. Keyinroq “Shanxay Shenxua” uch yil uchun 60 million va’da qildi. Bu taklif ham Turanni qanoatlantirmadi.
4 yilga 100 million esa har qanday futbolchini o‘ylantirib qo‘yishi tabiiy. Shu boisdan futbolchining agenti vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqishni boshladi. Turanni olib kelish uchun bel bog‘laganlar yuqoridagi ikki klubdan birimi yoki butunlay boshqa, aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)