4-fevral kuni bir necha yirik aviakompaniyaga fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan yetti islom mamlakatining sayohatchilarini yana AQShga uchuvchi reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ushbu holat AQSh prezidentining muhojirlar bilan bog‘liq farmoni Sietl sudi tomonidan vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgach sodir bo‘ldi.
Eron, Iroq, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yamanning yonida tegishli hujjati bo‘lgan fuqarolarini samolyotlari bortiga chiqarishga birinchi bo‘lib Qatar Airways rozilik bildirdi.
Shundan so‘ng, Air France, Ispaniyaning Iberia va Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyalari bu borada Qatar Airways’dan o‘rnak oldi.
EgyptAir ham qayd etilgan yetti mamlakat fuqarolari uchun AQShga chipta sotishi ruxsat berilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik haqidagi farmoniga qarshi jamoaviy da’vo Sietl sudiga Amerika fuqarolar erkinliklari ittifoqi tomonidan kiritilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)