Forbes jurnali 2016-yil tushumlaridan kelib chiqib dunyoning eng serdaromad 100 ta sportchisi nomini oshkor qildi. Bunda nashr oylik-maoshlar, bonuslar va reklamadan kelib tushadigan mablag‘larning barchasini inobatga olgan.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qayd etilgan. U o‘z klubidan jami 56 million olgan, reklama homiylari esa 32 million yevro o‘tkazib bergan — jami 88 million.
81,4 million yevrolik ko‘rsatkich bilan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Basketbolchi LeBron Jeymsda topish-tutish 77,2 million ekani aniqlandi va u 3-o‘rinni egalladi.
Yillik jami daromad Zlatan Ibrahimovichda 37,4 millionni, Garet Beylda 35,9, Serxio Agueroda 24,3, Bastian Shvaynshtaygerda 22,4, Xames Rodriges va Anxel Di Mariyada 22,1, Eden Azarda esa 22 millionni tashkil qilgan.
Izoh (0)