Xitoyning Venchjou shahri, Venchen uyezdida (Chjetszyan provinsiyasi) qulagan 4 ta besh qavatli uy vayronalari ostida 9 kishi qolgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan 08:05 da ro‘y bergan hodisa joyida 100 ga yaqin qutqaruvchi, 8 ta yong‘inni o‘chirish brigadasi ishlamoqda.
Turar-joylarning qulashi sabablari ma’lum qilinmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)