Bugun — 1-fevral kuni O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi o‘zining navbatdagi bosh assambleyasining hisobot saylovini o‘tkazdi. Bunda 2013—2016-yillar davomida assotsiatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi hamda assotsiatsiya rahbariyati va ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi saylandi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.
Saylov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi etib Ulug‘bek Sunnatov, uning birinchi o‘rinbosari etib Umid Ahmadjonov saylandi. Assotsiatsiya raisi o‘rinbosarlari vazifasini, shuningdek, Bahodir Ahmedov, Asatilla Salimov va Muxtorxon Toshxo‘jayev bajaradi.
Ma’lumot uchun, Rio—2016 Paralimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 32 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 31 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu esa O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Izoh (0)