Aktrisa Dryu Berrimor Jimmi Fellon ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, to‘rt daqiqa ichida uchta Ginnes rekordidan o‘zib ketishga erishdi. Bu haqda “EW.com” ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Dastlab Berrimor 22 soniya ichida o‘n nafar qiz va yigitning labini bo‘yashga ulgurdi. Shundan so‘ng aktrisa o‘nta qog‘oz bannerdan yugurib o‘tdi.
Berrimor uchun final sinovi eni ikki metrdan ortiq ulkan yasama sochni taqishdan iborat bo‘ldi. Aktrisa uni taqish bilan birga bir nechta harakatlar qilishga ham erishdi.
Shundan so‘ng studiyada Ginnesning rekordlar kitobi vakili paydo bo‘lib, aktrisaga bu qadar shubhali muvaffaqiyatlari uchun diplom taqdim etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)