Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya kubogining 1/8 final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, chempionlik uchun da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan kuchli oltilikning besh klubi navbatdagi raqibini bilib oldi. Qayd etish kerak, Yurgen Klopp murabbiylik qiladigan “Liverpul” quyi liga vakilidan yengilib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.

Foto: FA Cup

Foto: FA Cup

Nimchorak finali uchun qur’a Londonning “Arsenal” klubi uchun omadli keldi va “to‘pchilar” 5-divizion vakili hisoblangan “Satton Yunayted”ga raqib bo‘ldi. Bunga qadar “Arsenal” Premyer-liganing “Sautgempton” klubi darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

“Liverpul”ni Angliya kubogidan chiqarib yuborgan “Vulverhempton” klubi chorak finalda Londonning “Chelsi” klubiga raqib bo‘ldi.

Angliya kubogi 1/8 final 17—20-fevral“Vulverhempton” — “Chelsi”“Satton Yunayted” — “Arsenal”“Fulhem” — “Tottenhem”“Xaddersfild” — “Manchester Siti”“Blekbern” — “Manchester Yunayted”“Byornli” — “Linkoln Yunayted”“Milluol” — “Derbi”/”Lester”“Midlsbro” — “Oksford”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi