Rossiyaning “Rostov” klubida faoliyatini davom ettirayotgan Sardor Azmun Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi qiziqishlari doirasiga kirdi. Fors futbolchisi Yevropa Chempionlar ligasida “Atletiko” va “Bavariya” kabi grand jamoalar darvozasiga yo‘l topib, ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratgandi.
Ayni vaqtda “Vilyarreal” Azmunni sotib olishga tayyor. “Sariq suv osti kemasi” braziliyalik Aleshandre Patoni Xitoy klubiga sotib, buning ortidan 18 million yevro ishlab oldi.
“Chempionat”ning GloboEsporte’ga asoslanib xabar berishicha, Xitoyning “Tyanszin Syuanszyan” klubi Pato bilan uch yillik kelishuvga erishgan. Hujumchining Chin o‘lkasida qancha ishlab topishiga esa oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)