Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun temir yo‘l va aviayo‘lovchilar chiptalarini sotish maxsus imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Bu Prezidentning “2017—2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori (pdf)da ko‘zda tutilgan.
Orolbo‘yi aholisiga chiptalar sotishning yangi tartibi 1-fevraldan joriy etiladi. Moliya vazirligiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda yo‘lovchilarning tegishli toifalari uchun maxsus imtiyozli tariflarni tasdiqlash yuklatildi.
Izoh (0)