Lola Karimova-Tillayeva otasi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni munosabati bilan Facebook sahifasida uni yodga oldi.
“Hamisha 30-yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlashga oshiqar edik. Bugun esa o‘zgacha... Siz endi bizning oramizda yo‘qsiz, aziz otajonim... Shunday bo‘lsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz... To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yashar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz”, — deb yozdi u.
Izoh (0)