AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan bir hafta o‘tib, amerikaliklarning yarmidan ko‘pi uning faoliyatidan norozi. Bu haqda Gallup kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib, Hill gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Jamoatchilik fikri so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, yangi prezident siyosatidan norozi bo‘lganlar ulushi 28-yanvar, shanba kuni 51 foizni tashkil qildi.
Taqqoslash uchun Barak Obamadan norozi bo‘lganlar soni u davlat rahbari lavozimini egallagandan bir yil o‘tgach 51 foizni tashkil etgan edi. Kichik Jorj Bush esa norozilikning ushbu shartli chegarasidan o‘tishi uchun ming kundan ortiq prezidentlik lavozimida faoliyat yuritgan.
Gallup so‘rovida 1,5 ming kishi ishtirok etgan, undagi xatolik ehtimoli uch foizni tashkil etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)