Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan 32-sessiyasida Shunqor Xudoyberdiyev viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda hokimlik sayti xabar bermoqda.
Shunqor Xudoyberdiyev 1993—1995-yillarda “O‘zdehqonsanoatbank” Pastdarg‘om tumani filiali iqtisodchisi, 1995—1996-yillarda “Paxtabank” Pastdarg‘om tumani filiali kredit bo‘limi mutaxassisi, 1996—1998-yillarda “Paxtabank” Samarqand shahar filiali bosh iqtisodchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
1998—2004 yillarda “Paxtabank”ning Pastdarg‘om tumani filiali boshqaruvchisi, 2004—2006-yillarda jsa Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
“Paxtabank” tizimidagi uzoq muddatli faoliyatidan so‘ng, Xudoyberdiyev 2006—2015-yillarda Milliy bankning Samarqand viloyati bo‘limi boshqaruvchisi, 2015—2016 esa yillarda Markaziy bankning Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.
Shunqor Xudoyberdiyev Samarqand qishloq xo‘jalik instituti bitiruvchisidir (1993).
Avvalroq “Mikrokreditbank”ning sobiq rahbari Nozim Husanov Toshkent shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: “Mikrokreditbank”ning sobiq raisi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)