Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va turli soha vakillaridan iborat guruh mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.
Agentlikning qayd etishicha, Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida ko‘plab fuqarolarning muammolariga yechim topilgan.
Tumanning So‘fiyon mahallasida yashovchi Idi Nabiyev guzarda otalar choyxonasi yo‘qligidan shikoyat qilgan.
Sayyor qabulda ishtirok etayotgan tuman hokimi Shabon Nabiyev choyxona qurib berishni o‘z zimmasiga olgan.
O‘zAning yozishicha, Hojiqurbon Suvonovning ko‘chaga asfalt yotqazish bo‘yicha murojaati ham ijobiy hal etilgan.
Qayd etishlaricha, uchrashuvlarda aholiga mavjud qonunlarga oid eslatmalar ham tarqatilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)