Krasnodarda chaqiruv bo‘yicha yo‘lga chiqqan tez yordam mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan pensionerni urib ketdi. Bu haqda 19-yanvar, payshanba kuni “Yuga.ru” nashri ma’lum qildi.
Avariya tonggi 06:19 da Lenin qishloqchasida yuz berdi. Tez yordam mashinasi urib ketgan 69 yoshli erkak yetkazilgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
Politsiya YTH vaziyatlarini aniqlash uchun tekshirish olib bormoqda. Avtomobil haydovchisi cheklov o‘rnatilgan trassa bo‘ylab ruxsat berilgan tezlikda harakatlanganligini ma’lum qilgan. Politsiya haydovchining so‘zlarini tasdiqlash uchun mashinada bo‘lgan tez yordam xodimlarini so‘roq qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)