Barak Obamaning prezidentlik kampaniyasi uchun mashhur Hope plakatining muallifi hisoblangan amerikalik rassom Shepard Feyri saylangan davlat rahbari Donald Trampga qarshi norozilik posterlari dizaynini ishlab chiqdi, deb yozadi The Verge.
Afishalar Vashingtonda inauguratsiya kuni paydo bo‘lishi kerak. Jami besh turdagi plakatlar yaratilgan. Shuningdek, posterlar The Washington Post’ning 20-yanvar, juma soniga joylanadi.
Plakatlarda ozchilik vakillari We the people yozuvi bilan aks etgan, bu AQSh Konstitutsiyasining birinchi satri hisoblanadi.
Izoh (0)