Futbol bo‘yicha Ispaniya kubogining chorak finalida “Real” va “Selta” klublari o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda “Qirollik klubi 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Sports.ru”ning qayd etishicha, uchrashuv davomida mezbonlar sardori Serxio Ramos “Selta” hujumchisi Yaga Aspas bilan bir necha bor kelishmovchilik keltirib chiqarishga uringan. Ramos Aspasni qo‘pol harakatda ayblagan va keyingi to‘qnashuvlarda unga jiddiyroq jarohat yetkazish harakatiga tushgan. Bu bilan cheklanmay, raqibini qo‘pol so‘zlar bilan ko‘p bora haqorat qilgan.
El Mundo epizodlardan birida Ramos raqibining yuziga tupurgani haqida ma’lum qildi. Nashrning qayd etishicha, Ramos bunday ishga bir necha bor qo‘l urgan. 2012-yilgi mavsumda u “Atletiko” hujumchisi Diyego Kostadan ham tupuklarini ayamagandi.
Ma’lumot uchun, “Selta” hujumchisi Yago Aspas raqibining qo‘pol harakatlariga qaramay avvaliga o‘zi gol urdi, keyinroq esa raqibini golli pas bilan ta’minladi.
Izoh (0)