Ispaniyaning Okdiario nashri ixtiyoriga tushib qolgan maxfiy hujjatlarni chop etdi. Ular aktrisa Barbara Rey mamlakatning sobiq qiroli Xuan Karlos I bilan ko‘p yillik munosabatlari haqidagi ma’lumotni yashirishi uchun maxsus xizmatlar unga haq to‘laganligi haqida guvohlik beradi. Bu haqda 18-yanvar, chorshanba kuni Daily Mail nashri ma’lum qildi.
Okdiario’ning ma’lum qilishicha, 1996-yilda Mudofaa axboroti bosh markazi ma’lumotlarni sir tutishi uchun yulduzga 500 million peset (hozirgi kurs bo‘yicha uch million yevro) taklif qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Reyga pullar xazinada terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun zaxirada saqlanayotgan mablag‘lardan to‘langan.
Aktrisaning o‘zi buni rad etdi. Qirollik oilasi vakillari ham izoh berishdan bosh tortgan.
66 yoshli Barbara Rey (haqiqiy ismi Mariya Garsiya) ispan aktrisasi va teleboshlovchisidir. 1970-yilda u “Madrid go‘zali” tanlovida g‘alaba qozongan, 1971-yilda esa “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etgan.
Xuan Karlos I 1975—2014-yillarda Ispaniya taxtini egallab kelgan. 1962-yilda Sofiya bilan turmush qurib, ikki nafar qiz va bir nafar o‘g‘illi bo‘lgan. Uning o‘g‘li Filipp VI Ispaniyaning hozirgi qirolidir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)