Anonymous xakerlik guruhi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni u davlat rahbari lavozimidagi keyingi to‘rt yil umridan qattiq afsuslanishidan ogohlantirdi. Xakerlarning ta’kidlashicha, Tramp Rossiya jinoiy guruhlari bilan aloqadordir. Bu haqda, Huffington Post nashriga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Donald Tramp, sen shaxsan va moliyaviy jihatdan Rossiya mafiyasi, bolalar kontrabandachilari va jinoiy yo‘l bilan topilgan kapitallarni yuvuvchi shasxlar bilan bog‘liqsan”, — deyiladi guruhning Twitter’dagi sahifasida.
“1980-yillar davri o‘tdi, axborot yo‘qolib ketmaydi, u qayerdadir bor. Sen keyingi 4 yillik umringdan achinasan”, — deyiladi shu sahifada chiqqan yana bir xabarda.
Bo‘lajak davlat rahbari Twitter orqali MRBning iste’foga chiqayotgan rahbari Jon Brennan Rossiya qo‘lidagi prezidentga qarshi kompromat bilan bog‘liq hisobotning oshkor bo‘lishiga aloqadorligi haqida yozgan edi. Anonymous guruhining tahdidlari shu voqea bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)