AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp 20-yanvar kuni qasamyod qabul qilgandan so‘ng Kapitoliyda tushlik qiladi. Tushlik stoliga uchta asosiy taom tortiladi, deya ma’lum qilmoqda CNN.
Birinchisiga Shimoliy Atlantika qisqichbaqasi hamda za’faron qaylali va yeryong‘oq uvoqli krevetka tortiladi. Ularga 2013-yilning Chardonnay’i qo‘shimcha qilinadi.
So‘ngra Tramp va uning vitse-prezidenti Mayk Pens grilda qora shokoladda pishgan mol go‘shti, qora archadan tayyorlangan qayla va kartoshkali graten bilan mehmon qilinadi. Go‘sht bilan birga Kaliforniyaning 2012-yilgi qizil Cabernet Sauvignon’i tortiladi.
Desert uchun shokoladli sufle va olchali vanil muzqaymog‘i tayyorlanadi.
Inauguratsiyadan keyin tushlik qilish qadimiy an’analardan biri hisoblanadi. U Kongressning qasamyod marosimi uchun javobgar bo‘lgan birlashgan qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi.
Qasamyod qilgan prezident uchun birinchi shunday tushlik 1953-yilda Duayt Eyzenxauer uchun uyushtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)