Gabon mamlakati mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Afrika millatlar kubogida Gvineya-Bisau terma jamoasi a’zosi Piketi ajoyib gol muallifiga aylandi.
Kamerunga qarshi bahsning 13-daqiqasiga kelib futbolchi to‘pni o‘z jarima maydonchasi yaqinida qabul qilib oldi va bir o‘zi katta masofani bosib o‘tdi, yakunda kamerunliklar darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu gol Gvineya-Bisau uchun foydali bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Kamerun terma jamoasi g‘alabani ilib ketdi — 2:1. Qayd etish kerak, Gvineya-Bisau ilk turda mezbon Gabon bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Izoh (0)