Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, oxirgi paytlarda AQSh tomonidan rossiyalik diplomatlarni yollashga bo‘lgan urinishlar ko‘payib bormoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Lavrov yaqinda AQSh maxsus xizmatlari tashqi ishlar vazirligi xodimlaridan birini sotib olishga uringanini aytib o‘tdi.
“Bu pullar TIV buxgalteriyasi tomonidan qayd qilib qo‘yildi va endi davlatga xizmat qilmoqda”, — dedi Lavrov.
Vazirning qo‘shimcha tarzda aytib o‘tishicha, ayniqsa Barak Obamaning ikkinchi prezidentlik muxlati chog‘ida bunday holatlar ancha ko‘paygan.
Izoh (0)