Isroil politsiyasi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning o‘g‘li Yairni “imtiyozlar ishi” yuzasidan so‘roq qiladi. Bu haqda, Haaretz nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Yair Netanyaxu bugun ‘1000 ishi’ yuzasidan so‘roq qilinadi”, — deyiladi politsiya xabarida.
Mazkur ishga ko‘ra Netanyaxu oilasi biznesmenlardan imtiyoz va sovg‘alar olgani gumon qilinmoqda.
So‘roq politsiyaning “Laxav 433” maxsus bo‘linmasida o‘tkaziladi.
Izoh (0)