Moskva chetidagi Mitishchi federal harbiy yodgorlik qabristonida Qora dengiz ustida qulagan Tu-154 samolyotining 47 nafar qurboni dafn etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qabristonga ekipaj a’zolari, harbiy xizmatchilar, Aleksandrov ansambli artistlari, madaniyat departamenti boshlig‘i Anton Gubankov hamda qarindoshlari harbiy qabristonni tanlagan to‘rt jurnalist qo‘yildi. Ilgariroq bu yerda Anton Gubankovning yordamchisi, o‘sha paytda samolyotda bo‘lgan Oksana Badrutdinova dafn etilgan edi.
Halokat qurbonlari bilan xayrlashuv marosimida RF mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu, transpor vaziri Maksim Sokolov, hukumat va Federatsiya kengashi a’zolari, Davlat Dumasi deputatlari, qurbonlarning qarindoshlari, yaqinlari va xizmatdoshlari ishtirok etdi. Dafn marosimini o‘tkazgan Krutitsk va Kolomensk mitropoliti Yuvenaliy Moskva va butun Rus patriarxi Kirill hamda Rus pravoslav cherkovi nomidan barchaga ta’ziya izhor qildi.
Izoh (0)