Germaniyaning kasbiy va amaliy ta’lim maktabi faoliyati Qashqadaryoda yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Unga ko‘ra, Germaniyaning nufuzli Klett Group kompaniyasi delegatsiyasi a’zolari o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Qashqadaryoga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvda O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma loyihalarini amalga oshirish, jumladan, viloyatda ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Germaniyada ishlash va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar hamda tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Izoh (0)