Turkiyaning Suriya va Iroq bilan chegarasida 330 kilometrlik devor qad ko‘tardi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Devor chegara tumanlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurildi.
Bundan tashqari, Turkiyaning janubiy sarhadlarida 191 kilometr tikanli sim o‘rnatildi.
Bu choralar 2016-yilda mamlakat hududiga noqonuniy kirishga urinish bilan bog‘liq 57 ming holatning oldini olishga yordam berdi, shuningdek, chegaralarda 424 ming kishi ushlab qolindi.
Izoh (0)