Ukraina bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Renat Kuzmin Ukraina xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsakdan mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kuzminning Facebook’dagi sahifasi orqali yozishicha, Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi urush haqida bayonotlar bilan chiqmoqda, Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmoqda, bulardan esa Poroshenko “atrofidagi guruh bilan til biriktirib” Ukrainaga qarshi xatti-harakatlar amalga oshirmoqda.
Shuningdek, Kuzmin davlat rahbariga qarshi boshqa ayblovlar ham ilgari surdi.
Ukraina xavfsizlik xizmatining bu ayblovlarga munosabati hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)