Rossiyaning “Diksi Grupp” do‘konlar tarmog‘i prezidenti Pedro Manuel Pereyra da Silva 11-yanvar kuni kompaniyaning o‘z nazorati ostidagi aksiyalari paketini sotib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shu tariqa, uning kompaniyadagi ulushi amalda nolga tenglashdi. Ilgari prezidentning qo‘lidagi ulush 0,15 foizni tashkil qilar edi.
Portugaliyalik mutaxassis Pereyra da Silva kompaniyaga 2016-yil martidan boshchilik qilib kelmoqda.
Izoh (0)