C-SPAN telekanali AQSh Kongressidan olib borilayotgan translyatsiyani kutilmaganda uzib, uning o‘rniga Russia Today telekanalini efirga uzatib yubordi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
AQSh Kongressidagi muhokamalarni namoyish etadigan C-SPAN telekanali taxminan 10 daqiqa davomida Rossiya telekanali efiri bilan uzib qo‘yildi. Bunga ko‘plab nashrlar, jumladan, The New York Times e’tibor qaratdi.
Voqea 12-yanvar kuni ro‘y berdi. Demokratlar vakili Maksin Uoters qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar to‘g‘risidagi qonunchilik xususida so‘z yuritayotganida uning o‘rniga ekranlarda RT logosi paydo bo‘ldi, so‘m Polsha tashqi ishlar vaziri haqidagi hazillarga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi.
C-SPAN vakillari bo‘lgan voqeani texnik xato deb baholadi. Ular uzilish xakerlik hujumi bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
Izoh (0)