Toshkentning “Bunyodkor” klubi a’zosi Doston Hamdamov faoliyatini Rossiyaning “Terek” klubi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
“Terek” klubi Rossiya Premyer-ligasida yakuniga yetgan 17-turdan so‘ng kuchli to‘rtlikda bormoqda. Uni tojikistonlik mutaxassis Rashid Rahimov boshqarib boradi.
Qayd etish kerak, Doston Hamdamov 2015-yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi. U O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida 2012-yil qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan, keyinroq esa jahon chempionatining guruh bosqichini muffaqiyatli bosib o‘tgan. Hamdamov, shuningdek, 2015-yil yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etdi va O‘zbekiston bilan chorak finalga qadar yetib bordi.
Sergey Lushchan tarbiyalanuvchisi hisoblangan Doston Hamdamovning “Bunyodkor” bilan shartnomasi bor. Shu boisdan Grozniy klubi futbolchini o‘z safida ko‘rishni istasa, toshkentliklar hisob raqamiga pul o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)