Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga qadar ham mundialda ishtirok etadi. “Daryo” so‘rovnomasida ishtirok etgan o‘quvchilarning 29 foizi shunday variantni belgiladi.
Xalqaro futbol uyushmasi FIFA 2026-yilga kelib jahon chempionatida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni 48 taga yetishi haqida rasman ma’lum qilgandi. Bu esa mundialga borish orzusi bir necha yillardan buyon ushalmayotgan mamlakatlar uchun yaxshi imkoniyat ekani qayd etilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Fransiya—1998, Yaponiya va Janubiy Koreya—2002, Germaniya—2006, JAR—2010 va Braziliya—2014 saralashlarida ishtirok etgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
“Daryo” so‘rovnomasi o‘zbekistonlik futbol muxlislarining optimistik ruhda ekanini ko‘rsatdi. Ovoz beruvchilarning 25 foizi terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishiga endi shubha qilmasligini bildirgan. O‘zbekiston mundial mezboni bo‘lmagunicha unda o‘ynamaydi deya hisoblovchilar foiz hisobida uchinchi o‘rinni egallagan.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Britaniyaning FourFourTwo nashri 2026-yilgi jahon chempionatida kimlar ishtirok etishini taxminan belgilab, ularni guruhlarga ham joylashtirib chiqqan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi J guruhida Polsha va Tunisga qarshi kurash olib boradi.
Bu shunchaki tahmin xolos. Yaxshi niyat — yarim mol!
Izoh (0)