Noma’lum jinoyatchilar qo‘shiqchi Merayya Kerining Shon-sharaf xiyobonidagi yulduziga shikast yetkazdi. Bu haqda Los-Anjeles politsiya departamenti ma’lumotiga tayanib, ET Online xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ma’lum qilinishicha, artist ismi yoniga so‘roq belgisi chizib ketilgan. Hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Keri 2015-yilda Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘lgan edi. So‘roq belgisi bilan bog‘liq hodisa qo‘shiqchi ijtimoiy tarmoqlardan vaqtincha ketishini e’lon qilgandan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Merayya Keri Yangi yil shousida fonogrammada kuylayotganini bildirib qo‘yganidan so‘ng tanqidlar ostida qolib ketgandi.
Avvalroq 2016-yilning oxirida AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp sharafiga qo‘yilgan yulduzga shikast yetkazilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)