9-yanvar kuni “Bayram” guruhi a’zosi Ravshan Hojiakbarovning vafot etgani ma’lum bo‘ldi — xonandaning vafotiga insult sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Biroq uning “Bayram” guruhi bilan birga kuylagan qo‘shiqlari o‘lmas — 1995-yilda kuylangan “Bo‘m-bo‘m”dagi quvnoq va o‘yinqaroq yigitlar ko‘pchilikka yoshlik davrlarini eslatsa, “O‘zbek qizlari” esa barcha davrlarda ham har qanday davraga jon bag‘ishlovchi “olov” vazifasini o‘tay oladi. “Dilbarim”ning kaveri va “Orzu”ni esa tinglab, dam olish kerak, xolos.“Bayram” guruhining ijrosida Ravshan Hojiakbarov ham ishtirok etgan ko‘plab qo‘shiqlaridan tuzilgan kichik bir videoketma-ketlik — xonandani xotirlash yo‘lidagi arzimas bir harakatdir.“Bo‘m-bo‘m”
“Jamila”
“Raqsga tush”
“O‘zbek qizlari”
“Dilbarim”
“Mahbuba”
“Bir kulib qo‘ysang”
“Qarab, qarab”
“Orzu”
“Jamalak soch”
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)