“Bayram” guruhi yakkaxonlaridan biri Ravshan Hojiakbarovning 44 yoshida vafot etgani 9-yanvar kuni ma’lum bo‘ldi.
“Bayram” guruhi bir necha kun avval Milliy TV telekanalining “Shirchoy” dasturida chiqish qilgan, unda Ravshan Hojiakbarov guruhdoshlari bilan birga “Orzu” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylagan edi.
Guruhga asos solingan 1994-yildan beri “Bayram” bilan birga bo‘lgan xonandaning vafoti sabablari ma’lum qilinmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)