“Progress MS-04” kosmik yuk tashuvchisi o‘tgan yilning dekabr oyida “Soyuz-U” tashuvchi raketasining uchinchi pog‘onasida bak ochilib ketishi oqibatida halokatga uchradi. Bu haqda Rossiyaning “Roskosmos” agentligi jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Xalqaro kosmik stansiyaga uchirilgan “Progress-MS-04” kemasi 1-dekabr kuni kechqurun Tuva osmonida halokatga uchradi. Bo‘laklarning ko‘p qismi atmosferada yonib ketdi. Qolgan qismi Qizil shahridan 60–70 km uzoqlikka tushgani taxmin qilinmoqda.
Ilgariroq u avariya oldidan tashuvchi raketaning o‘chmagan pog‘onasiga urilib ketgani ma’lum qilingandi. Endilikda agentlik vakillari halokatning boshqa versiyasini keltirmoqda.
Izoh (0)